Ko`zimdan toshganda muhabbat - daryo, Izhorim ko`nglimdan ketmasa qaytib, Hijronga dosh berib bo`lmasa aslo, Jar solgim kelganda sevgimni aytib – "Yaxshi ko`raman..." - deb... Sizga aytaman... Qalbga quloq tutsam - to`fonlar hokim, Quyunday domiga tortayotir ishq. To`zonday ko`tarib dunyo gunohin Go`dak yuragimga ortayotir ishq... Dardim Sizga aytmay, kimga aytaman?! Quyosh yig`laganda – ezilib, ma`yus, Osmonning ko`ksiga qo`yib boshini. O`tli yonoqlarda qolib ketgan iz - O'tli nur