Endilikda O'zbekistondagi futbol ishqibozlari hamda futbolga qiziquvchi barcha shaxslarda FIFA WORLD CUP 2014 rasmiy to'plami orqali Jahon Chempionati 2014 to'g'risidagi eng dolzarb ma'lumotlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Mazkur FIFA WORLD CUP 2014 turnir bo'yicha ma'lumotnoma yuqori poligrafik sifat bilan ishlangan yorqin to'plamdir.
Eng keng ko'lamli futbol turnirining mukammal va nufuzli sharhida jahon stadionlari, murabbiylari va afsonaviy futbolchilarining ajoyib fotosuratlari, har bir ishtirokchi mamlakat ekspertlarining tahlillari, har qanday haqiqiy futbol muxlisi uchun zarur bo'lgan prognozlar va finalga chiqish imkoniyatlari keltirilgan.
To'plamda Ronaldo, Kafu, Frans Bekkenbauer, Yoxan Kroyf, Gari Lineker, Franko Barezi, Xidetosi Nakata, Alessandro Del Pyero singari buyuk futbolchilarning avvalgi chempionatlardagi eng hayajonli damlari, g'alabalari va hattoki mag'lubiyatlari haqida so'zlovchi ekslyuziv intervyular taqdim qilingan.
Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida, jurnalga O'zbekiston mahalliy vaqtiga moslangan matchlar jadvali, shuningdek 64 ta o'yin bo'lib o'tuvchi 12 ta stadion to'g'risidagi to'liq ma'lumot kiritilgan.
Bundan tashqari, to'plamda avvalgi Jahon Chempioantlari, Jahon Chempionatlaridagi eng buyuk oltita gol, eng ommaviy sport turi tarixida o'chmas iz qoldirgan shaxslar haqidagi qiziqarli maqolalar bilan ham tanishish mumkin.
Shunigndek, to'plam o'z ichiga 2014 yil Jahon Chempionati final bosqichining ishtirokchilariga aylangan 32 ta jamoaning dosyelarini olgan.
148 sahifadan iborat FIFA WORLD CUP 2014 rasmiy sharhi nafaqat O'zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yagona va mukammal nashr hisoblanadi.
Qayd etish joizki, FIFA WORLD CUP 2014 sharhini O'zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston Respublikalari hududlarida nashr qilish va tarqatish huquqi “SAIPRO Axborot-reyting agentligi” MChJga tegishli.
FIFA WORLD CUP 2014 rasmiy sharhining narxi – 36000 so'm. Mazkur rasmiy sharhni xarid qilish bo'yicha ma'lumotlar uchun +(99890) 370-49-00 telefon raqamiga murojaat etishingiz mumkin.