Paxtakor tumanida 2026-yilgi paxta hosili uchun muhim agrotexnik jarayon — chigit ekish ishlari rasman boshlandi. Shu munosabat bilan Oqbuloq mahallasi hududida amaliy seminar tashkil etilib, unda paxta yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni yanada oshirish hamda mavsum ishlarini puxta va samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, tumanda jami 10 ming 600 gektar maydonga chigitni qo‘shqator usulida ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ilg‘or tajriba sifatida 2 ming 553 gektar maydonda “shinjon” usulida ekish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu usulning qo‘llanilishi yerdan samarali foydalanish, nihollarni bir maromda undirish va keyingi parvarish ishlarini yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.