…Kiyiklar ko`l bo`yidagi maysazorda o`tlab yurishardi. Ular shoshilmasdan, uyoqqa –buyoqqa borib – kelib yurishardi. Yo`lbars mayday toshloqdagi so`qmoqqa o`tish uchun butazorni kesib o`tdi. So`qmoqning orqasiga o`tgandan so`ng pusib oldi. Ochiq maysazor unga kaftdek ko`rinib turardi. U eng yaqinroqda turgan kiyikni mo`ljallab turdi. Sekin joyidan qo`zg`aldi. Lekin birdan to`xtab qoldi. Nazarida kiyik uni sezganday edi. xarholda kiyik uni bezovtalandi. Quloqlarini ding qilib, huddi biror bir havfni sezganday, hushyor tortdi. Qo`qqisdan notinchlanib uyoqqa – buyoqqa qaradi va… va hayratdanmi, qo`rquvdanmi qotib qoldi. O`ziga tikilib turgan ikkita vahshiy ko`z uni harakatlanish tugul, o`nglanib olishiga ham yo`l bermadi.
Yo`lbarsni nimadir to`xtatib qoldi. Kiyikning ko`zlari unga iltijoli va g`amgin boqardi. Hamla qilish fursati yetganligi uning hayolidan ko`tarildi. Bir laxza nima qilarini bilmasdan talmovsirab turdi.
Shafqat…
Ikkalasining ham ko`zlari to`qnashgandan so`ng orada qo`rquv, ikkilanish va shunga o`xshash tuyg`ular bo`y cho`za boshladi. Yer yuzidagi jamiki tuyg`ularni mujassamlashtirgan yagona vaj – bu shubhasiz, muhabbat.
Yo`lbarsning hayoli samolarga uchdi, yo`lbarsning hayoli xurlikka uchdi. Chunki, bu ham ozodlikning bir ko`rinishi edi. yirtqich tuyg`ular iskanjasidan xalos bo`lish va ozodlik… ammo, tabiatning qonunlari tabiat yaratgan hilqatlardan ustun… ya`ni uning ikkinchi ko`rinishi birinchi ko`rinishidan ustun bo`lolmadi. Uning oshkora ko`rinishi yirtqichlik edi. ammo, yashirin ko`rinishi ham paydo bo`ldi.
Unga shafqat mumkin emasdi. Zotan, bu tabiatning qonuni. Yashash uchun kurash qonuni. Demak, unga shafqat mumkin emasdi, ammo yashash qonnini buzish ta`qiqlanmagandi. Unga orzu qilish chegaralangan edi. Ammo sevish ma`n etilmagandi. U orzu qilish chegarasini buzdi. U sevib qoldi. Va bu chegarani buzganidan qo`rqmadi, aksincha, zavqlandi. Kiyik yirtqichdan qo`rqib turardi. Yirtqichda esa aksincha, yuragi taftni seza boshlagandi. Yo`lbars yirtqichlik va nafislikni chegaralab turgan tomorqaga kirib qolgandi. Ammo, u bilmasdi bu tomorqaga qo`rquv ekilganini. U mehr ekaman deb yanglishgan edi. U bilmasdi bu tomorqa nafrat o`sayotganini. U muhabbat o`stiraman deb adashgan edi. Unda xavotir yo`q edi. Ehtiyotkorlik ham. Unda umid bor edi. Ochiqko`ngillik ham. Yo`lbars o`zidagi o`zgarishni sezdi, kiyik esa xavfni sezdi. Kiyik o`zining kimligini esladi, yo`lbars o`zining kimligini unutdi.
Muhabbat…
Quriyotgan novdalarni tiriltirgvchi tuyg`u, muzlagan yoki asli muzni ilitguvchi tuyg`u bu gal ham g`olib keldi. yirtqichning o`z vahshiyligini nutishga majbr etdi sh pallada. Muhabbat ajib bir suknat va harakatsizlikni chorladi ushb pallada. Ammo…
Ikkita qarama – qarshi tomonlarning bir – birlarini tushunishlari, o`zliklarini anglab yetishdanda mushkul ekanligi ham tag`in isbotini topdi. Binobarin, kiyik yashash uchun kurash yo`lini tanladi tabiiy ravishda. Dabdurustdan uning qochishini kutmagan yo`lbars, huddi oldingidek yashash uchun kurash hissiyotlari ta`sirida qoldi. Ammo, bu oldingilaridan farqliroq ko`rinishda edi. Avvallari, yashash uchun kurash uning uchun – qorin to`yg`azish, ochlikdan o`lib ketmaslik, bir so`z bilan aytganda – ovlash edi. bugungi yashash uchun kurashi esa, umuman boshqacha edi. u kiyikning ortidan ovlash uchun emas, huddi, usiz yashay olmaydigandek, uni yo`qotib qo`ymaslik uchun quvardi ortidan. Quv va qoch anchaga cho`zildi. Kiyikning bor hayoli – undan qochishib qutilishda bo`lganligi uchun, juda ehtiyotkor edi. Yo`lbarsning bor hayoli unga yetishish bo`lganligi uchun, hayoli unda edi. holbuki, tabiiy ravishda, yo`lbars yo`llarda juda ko`p qoqildi. Birinchi qoqilib tushganida yelkasida og`riqni his etdi. Yana chopishda davom etdi. Ikkinchi qoqilib tushganida oyoqlarida og`riqni his etdi. Yana chopishda davom etdi. Uchinchi galida oyog`iga kuchliroq nimadir kirdiyu og`riq avj oldi. Og`riq o`z – o`zidan norozilikni olib keldi. norozilik esa jahlni, jahl esa vajohatni. Endilikda uni vajohat bilan vahiylik orasida chegara bo`lib turgan yagona sabab – hayoliga keldi. “Nega qochyapti” deb o`yladi u. “Yo`qotib qo`yamanmi” degan havotir keldi. boyagi jahl va vajohat unga tabiiy kuchini berdi. U endi epchillik bilan chopar va zum o`tmay daraga yetib olishdi. Daraning burilish joyida kiyik endi o`girilmoqchiydi hamki, yo`lbars yuqoridan sapchib to`g`ri uning ustiga o`zini otdi. Kiyik qochish uchun uning tagidan chiqishga harakat qilib ko`rdi. Ammo uni yo`qotib qo`yishdan qo`rqayotgan yo`lbars uning bo`g`zidan mahkam tishlab qo`yib yubormasdi. Uni qo`yib yuborgisi kelmasdi. Zum o`tmay, kiyik ortiq tipirchilamay qo`ydi. Shundagina yo`lbars uni qo`yib yubordi. Yer yuzidagi jamiki mavjudotlarni maftun etguvchi, tabiatning eng dilbar va nafis go`zalligi bo`lmish bu nozik hilqatga termulib yo`lbars yuzlarini uning yuzlariga bosdida, to`yib – to`yib nafas oldi. Oldingi ikki oyoqlari bilan kiyikni quchdi. Yo`lbars juda ham bahtiyor edi…
2006 – yil
Vahob Rahim
#hikoya

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2