Salomu salovot aytaman sizga
Ko'zlarim intizor
kelar yo'lizga
Qanchalar mushtoqman
so'zlaringizga
Tushlarimga kiring yo Rosululloh
Amalim noqismi
Ko'nglim notinchmi
Bilmadim armonmi yoki o'tinchmi
Yoki chin qalbimdan bo'lgan sog'inchmi
Tushlarimga kiring yo Rosululloh
Siz mening Otamdan Onamdan ulug'
Xattoki o'zimning jonimdan ulug'
Qadamlaringizga qilayin qulluq
Tushlarimga kiring yo Rosululloh
Anasdek,Alidek bo'lolmasam xam
Zayddek oldizda turolmasam xam
Xoliddek shiddatli bo'lolmasam xam
Biloldek sabrli bo'lolmasam xam
Yo Olim yo Mavlo bo'lolmasam xam Tushlarimga kiring yo Rosululloh
Rosululloh desam yayraydi dilim
Quvonchga to'ladi charog'on ko'nglim
Rosti sizni juda keladi ko'rgim
Tushlarimga kiqing yo Rosululloh.
Assalomu Alayka ya Rosululloh
Assalomu Alayka ya Habibulloh
Assalomu Alayka ya Nabiyulloh
MrAbror
01.01.2019


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев