"Real" forvardi Krishtianu Ronaldu "Kordoba"ga qarshi uchrashuvdagi qizil kartochkasi uchun Ispaniya professional futbol ligasi (LFP) tomonidan La Liganing 4 tadan 12 tagacha bo'lgan uchrashuvlariga diskvalifikatsiga qilinishi mumkin.
Reglamentga asosan raqibga nisbatan atayin zarba bergan futbolchi 4 tadan 12 tagacha chetlatilishi mumkin. Agar ushbu hol mazkur futbolchi bilan avval ham sodir etilgan bo'lsa hatto 15 o'yindan ham mahrum etilishi belgilab qo'yilgan. Ronaldu uchun kechagi holat birinchisi emas. Portugaliyalik avval ham "Atletik"ka qarshi o'yindagi shunday ishi uchun 3 o'yinga chetlatilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu "Kordoba"ga qarshi uchrashuvning 82-daqiqasida raqib futbolchisi Edemarga to'psiz holatda oyog'iga atayin zarba berdi va bundan tashqari yana bir futbolchini yuziga turtib yuborgani sabab to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolandi.
Realmadrid.com rasmiy web sayti bergan habarga ko'ra "Kruzeyro" tayanch yarimhimoyachisi Braziliyalik Lukas Silva (Bom Jesus de Goiás) "Real Madrid" futbolchisiga aylandi.
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6