Har-xil gaplarga uchib
Baxt o'rni armon quchib
Halovatimdan kechib
Seni sevmay men o'lay!
Unutolmay qiynalib
Men yuribman o'ylanib
Suymaganga suykalib
Seni sevmay men o'lay!
Yo'qotibman o'zligim
Hatto to'g'ri so'zligim
Ey mening be yuzligim
Seni sevmay men o'lay!
Sevgan edim shunday zo'r
Bo'lib qolib ko'zim ko'r
Bunchayam peshonam sho'r
Seni sevmay men o'lay!
Sheraliyev
Insoniy sifatlar bir chetga surdik
Hammaning hayoli hozir karmonda
Jim turib jimgina hammasin ko'rdik
Oqibat qolmadi hozir zamonda
Hayotni qaragin hayotni qara
Ko'zini cho'qiydi bir-birin qarg'a
Tog'risini aytgin tan olgin jo'ra
Oqibat qolmadi hozir zamonda
Salomga berilar alik deya do'q
Ukalar Akaga otishadi o'q
Mehr muhabbatning "M" harfi ham yo'q
Oqibat qolmadi hozir zamonda.
Onalar tandirda yopmaydi kulcha
Otani oilada qadri yo'q pulcha
Yanayam bilmadim lekin menimcha
Oqibat qolmadi hozir zamonda..
Sheraliyev
Olislarda obro' topay deb
Uch to'rt so'm pul dunyo topay deb
Orzularga imkon topay deb
Olov bo'lib o'tdek yonibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Armonlarga burkandi ko'nglim
Zoya ketdi shuncha yil umrim
Baquvvatman kuchliman derdim
Quvvatimni qumdek yoyibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Mehrga-ku to'ymadi yurak
Ota - Onam holimdan halak
Ko'zlaganim osmon-u falak
Shukr qilmay yerdan nolibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Akamga ko'p zardalar qilib
Ba'zan aybim bo'yniga ilib
O'zimni-chi daholar bilib
Kibrga men juda botibman
Yoshligimni yosh yo'qotibman
Kulfat boshga kelgan mahalda
Dardlarimga bo'lmadi dalda
Hayot degan katta bir yo'lda
Taqdir g'olib. Men-chi mag'lubman
Yoshligimni yosh yo'