
o'yinlardan biri haqida yozmoqchiman: MYu –
Real. EChL pley offi. 2003 yil. Butkul boshqa
davrlar edi. Kasilyasdan so'rang u davrning
qanaqaligini:
Ispaniya “abadiy omadsiz”, Germaniya termasi
markazida Torsten Frings o'ynar, “Barselona”
hujumida Klyuyvert – Saviola bilan tandem hosil
qilgan davrlar. “Real” – galaktikos, Ronaldo
ozg'ingina yigit edi. Manchester-chi? Manchester
chindan ham Manchester edi.
Madridda 1:3 hisobida engilgan Fergyusonning
jangga eng kuchlilarini tashlashdan boshqa
chorasi qolmagan. Na iloj. Biroq, to'xtang,
to'xtang, zaxira o'rindig'ida qoshi yorilgan bir yigit
ko'rinyapti. Ha-ya, Bekhem aynan shu o'yindan
oldin Serdan butsa zarbasini qabul qilib olgan,
murabbiyning qaysarligi tufayli asosiy tarkibdan
tushib qolgan edi-ku...
Uchrashuv hakami kim deysizmi? Albatta,
Perluidji Kollina-da, yana kim bo'lishi mumkin?! U
o'n bir daqiqa ichida ikki marta maydon
markazidan to'pni o'yinga kiritishga ruxsat berdi.
Ronaldo “Real”ning hisobini oshirgan.
“MYu” oldinga o'tadi va bo'lim tugashi arafasida
Ruud van Nistelroy hisobni tenglashtiradi. 50-
daqiqada Ronaldo odamning ustidan
kulayotgandek yana farqni tiklab qo'ygani
yodimizda...
Kimdir sizga o'sha kuni braziliyalik so'yloqni
ushlab qolish mumkin edi, desa, ishonmang,
buning imkoni mutlaqo yo'q edi. Sportda
shunaqa damlar bo'ladi. Rafa Nadal o'z kitobida
bu haqda zo'r tushuntirib bergan: “Federer ba'zi
o'yinlarda mukamallikning cho'qqisiga shu qadar
chiqib oladiki, unga qarshi hech narsa qilib
bo'lmasligini anglaysan va bu bo'rondan kamroq
talafot bilan chiqishni o'ylab kutishdan boshqa
chorang qolmaydi!”
Ivan Elgera bo'shashgan jamoasining avtogoliga
mualliflik qilganda 52-daqiqa o'tib borayotgandi.
Ronaldo “Old Trafford” ustidan kulishda davom
etadi: 59-daqiqa – 2:3. Birinchi uchrashuvda
ham “Real” uchta gol urganini eslang, qizil iblislar
uylarida nima qilishmoqchi o'zi?! Ronaldo boshqa
bunaqa o'yin o'tkazmadi. Yagona fenomanal o'yin
sifatida eslab yurish uchun qilgandir balki.
Serning o'sha oqshom chindan ham geniy ekanini
ko'rganmiz. Yana. Bekhemni, qoshi yorilgan
Bekhemni, xotini Madriddan uy olib qo'ygani
ma'lum bo'lgan Bekhemni xaloskor rolida o'ynash
uchun jangga tashlagan. Beks ham xuddi
Ronaldo singari boshqa takrorlanmaydigan
o'yinini o'sha oqshomga atab qo'ygandi. 71-
daqiqagacha shundog'am beshta gol ko'rgan
muxlislar – ichida bir yigitning xet-trigi bor –
Devidning jarimasiga chidashlari mushkul edi.
Bekhem shaxsiy kollektsiyasida saqlaydigan bu
zarbasini Kasilyasni qimirlatmagan holda
yo'llagan.
85-daqiqada Beks yana gol uradi. Tasavvur
qiling, 4:3 va o'yin tugashiga 6-7 daqiqa bor. Ikki
gol va birinchi o'yinda xotirjam enggan, javob
bahsida Ronaldo xet-trik amalga oshirgan
kechada “Real” musobaqadan chiqarib yuboriladi.
Yo'q, MYu o'sha kuni 99-yilgi ertakning davomini
yoza olmadi, biroq ushbu yorqin uchrashuvni
kelajak avlod uchun olib qo'ydi:
Yosh bolakaylar, Parij jamoasini zo'r deb
o'ylayotgan, Siti ko'chalaridagi bayramni live
tomosha qilayotgan yangi avlod asr avvalida
Manchesterning qizil tomonida mana shunaqa
dahshatli kambeklar, gollar va asrga tatigulik
qahramonliklar ko'rsatilganini ko'rib olishlari
uchun saqlab qo'ygan bo'lsa kerak. Yo'q, yo'q,
boshqa narsa uchun ko'proq – hozirgi MYu
futbolchilarini shu planka bo'yicha o'ynashga
majbur qilish uchun. Shu darajaga intilish uchun.
Bu libosni shunaqa qahramonlar kiyishga
haqliligini eslatib turish uchun.
Yutqazilgan o'yinlardan ham rolikbop kadrlar
qoldirish uchun jamoa kamida MYu bo'lishi
kerak, tushunyapsizmi?
O'tmishning eng yorqin klubini shu bois ham
o'sha paytda barcha-barcha, dushman klub
muxlislari ham ich-ichlaridan hurmat qilishganiga
endi ajablanmayotgan bo'lsangiz, men
tushuntirmoqchi bo'lgan gaplarimni etkaza
olibman.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев