Begim sizni tabiat raso qilib yaratgan,
Kimlarnidir o’ychanu sizni kulib yaratgan.
Nogahon berib qo’yib bu aqlni, kamolni,
O’zi ham rashk, hasadda to’lib-to’lib yaratgan.
Qiya tushgan nigohni armonga yo’ymagaysiz,
Qiz qalbiga sevmoqni osonga yo’ymagaysiz,
Qiynamangiz, u o’zi o’rtanguvchi bir bag’ir,
Bu bag’irni kenglikda osmonga yo’ymagaysiz.
Siz xuddiki Farhodsiz, Shirin qaydadir, begim,
Orzularim dildayu nolam naydadir,begim.
Siz desam bar tutqazmay sochilgan o’ylarimday,
Bu tong qaro sochlarim mayday-maydadir, begim.
Sizni men o’zimga ham loyiq ko’rmam, rosti gap,
O’zgaga bermoq esa, tushimga kirmas uxlab.
O’zga bilan ketsangiz, ravon yo’llarqolmasin,
Begim, ikkilanmasdan y