va uch qiz dam
olish niyatida dengiz böyiga
otlanishdi. Ularni maroqli
hordiq kutmoqda edi. Bu
yoshlar bir-biriga köngil qöyishgan, közlarida
muhabbat uchqunlardi. Ötgan
ketganlarga ham jilmayib
boqishardi. Ularning nazarida,
bu dunyoda hamma odamlar
özlari kabi baxtli edilar. Lekin, unday emasdi. Ular
ötirgan avtobusda 30
yoshlardagi kishi ham bor edi.
Yoshlarning quvnoq kulgusi,
hazil-huzuli uni öng'aysiz
ahvolga solardi. Yoshlar quvnagani sayin uning qalbi
og'rir, oxiri közlarini chirt
yumib oldi. Bu shovqin unga
yoqmayotgani sezilib turardi.
Qizlardan biri uning bu
holatiga jim qarab turolmadi, notanish kishining yoniga
ötirdi. Uning ismini sörab bildi.
Erkak bundan 4 yil oldin
jinoyat qilib qamalgan, endi
turmadan uyiga ketayotgan
ekan. Bu qizni battar hayratlantirdi.
-Uyga qaytayotgan bölsangiz,
nega xursand emassiz?
Uylanganmisiz,- söradi qiz.
Bu savolga suhbatdoshi
tushunarsiz javob berdi: -Bilmayman...
-Qanaqasiga bilmaysiz, - söradi
qiz ajablanib.
-Turmaga tushgan paytimda
xotinimga xat yozib, uzoq
vaqt bölmasligimni aytdim. Meni kutish oson bölmasligini
tushunardim. Agar kutishga
sabring yetmasa, mayli, meni
unut, seni tushunaman,
özingga yoqqan kishiga
turmushga chiq, buni menga aytmasang ham mayli dedim.
-Endi esa xotiningiz sizni
kutyaptimi yoki turmushga
chiqqanmi, buni bilmay uyga
ketyapsizmi?
-Ha, - og'ir xörsindi u - qamoqdan ozod bölishimni
aytishgach, bir hafta oldin
xotinimga yana maktub
yozdim. Maktubda shunday
deb yozdim: "...agar senga
kerak bölsam, shaharchaga kiraverishdagi ustunga sariq
römolcha bog'lab qöy,
shundan senga kerakligimni
anglayman. Agar kerak
bölmasam hech narsa qilma.
Men avtobusdan tushmay ötib ketaman..."
Yigitning gaplari boyagina
xandon ketayotgan yoshlarni
öylantirib, jim qilib qöydi.
Uning xotinini qattiq sevishi
ma'yus nigohlaridan sezilib turardi. Shaharchaga hali uzoq
edi. Endi ular har bir kilometrni
sabrsizlik bilan hisoblashar,
asablar tarang tortilgandi.
Avtobus manzilga
yaqinlashgani sayin hammaning diqqati oshardi.
Erkak bu holatga chidayolmay
közlarini chirt yumib oldi. Ön
kilometr qoldi. Besh... Uch... Bir
payt yölovchilar birdan
örinlaridan turib qichqirib yubordilar. Sobiq maxbus yigit
esa avtobus oynasidan
tashqariga boqib, tosh kabi
qotib qoldi:
yöldagi barcha daraxtlar
shohiga sariq römolchalar bog'lab qöyilgandi.
Römolchalar shamolda
hilpirab, uyga qaytayotgan
odamni qutlardi göyo.
Avtobusda esa kimlarningdir
közlariga yosh sizgan edi... Kimgadir kerakli bo'lib
yashash eng oliy baxtdur.
Seving seviling xayot davom
etmoqda@@@
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7