Bilolmadim kimda yuraging,
Menga bordir sening keraging,
Kelib bir bor qalbim so‘ragin,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Bu yuraging otashmi, muzmi,
Nigohlaring oymi, yulduzmi,
Muhabbatim endi afsusmi,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Mening ham zor oshiqlarim ko‘p,
Senga aytar qo‘shiqlarim ko‘p,
Lekin boshqa ma’shuqlarim yo‘q,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Nahot bekor shuncha xonishim,
Sening uchun yolg‘on yonishim,
Sensizlikka qiyin ko‘nishim,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Oshiq Ahad xatolari bor,
Olib bo‘lgan jazolari bor,
Yuragida nidolari bor,
Sevdim desam mendan qochasan,
Aytgil qachon diling ochasan?
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев