Hay-hay, uyat, jon o'lan,
Kelin keldi, yo'lni och,
Ne ko'z bilan ko'rayki,
Kelin yarim yalang'och.
Sharqning qizi bo'lganda,
Bo'lib sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-sochiq,
Bo'lmas edi libosi.
- Kelin qaydan? - so'radim
Bitta kelin-oyidan,
Kesatdi: - Shu qishloqning
"Parij" degan joyidan. - Yo, tavba! O'zimizning
Qizimizmi bu hali?
Otabeklar, Kumushlar
Kiygan liboslar qani?
Ko'ylagi uzuq-yuliq,
Yelkalari yap-yalang, Voy-o'lay! Qo'ltiqlari
Ko'rinyaptiku, qarang.
Ayol kishi bo'lsam ham,
Junjikib ketti etim,
Ko'krak yarim ochilib,
Bo'b turibdi bir yutum. Bu libosda qizlarni,
Ko'rgandim kinolarda,
Bo'lar edi g'arbdagi
Ko'ngilochar joylarda.
Yozilardi u joylar
Eshigiga hamm