Dunyo senga qildimi torlik,?
Honush qilib og‘ritding dilim.
Kerak emas bundayin xorlik,
Sevgi bizga begona, ko‘nglim.
Hijron tig‘i belansin qonga,
Parvo qilmay o‘qiymiz ilm.
Sog‘inchlari botsa ham jonga,
Sevgi bizga begona, ko‘nglim.
Bizdan unga sovg‘a bu rishta,
Bilganini qilsin u zolim.
Biz Allohni sevamiz,! Boshqa,
Sevgi bizga begona, ko‘nglim.
Jamolini unutmaysan lek,
Eslaganda jim turasan jim.
Boshlasa ham boshqa bir ertak,
Sevgi bizga begona ko‘nglim.
Sabr qilsang Alloh xohlasa,
Kelin bo‘lib kelar halolim.
Taqdir bitgan o‘sha kungacha,
Sevgi bizga begona ko‘nglim.
Dunyo senga qildimi torlik,?
Honush qilib og‘ritding dilim.
Kerak emas bundayin xorlik,
Sevgi bizga
Do'stim yurakdagi so'zlarimni men,
Mitti kapalakga aytkim keladi.
Bir kuni, butun bir dunyolarga teng,
Bolalik paytimga qaytgim keladi.
Bu shahar havosi bug'ar tomog'im,
Kechir seni tashlab ketdim qishlog'im.
Menga chin do'st eding cho'pon tayog'im,
Yana qo'llaringdan tutgim keladi.
Ulg'ayib qoldimu, o'rtanib qoldim,
O'tkinchi dunyo deb o'zgarib qoldim.
O'sha maktabdagi birinchi sevgim,
Yana sochlaringdan tortgim keladi.
Otam yosh, Onam yosh chog'lar esimda,
Bolaligim o'tgan bog'lar esimda.
Qancha gaplar qolib ketgan ichimda,
Yana yulduz sanab yotgim keladi.
Otlardan yiqilsam turib ketardim,
Go'zal qizchalarga kulib ketardim.
Qaytolsam qadriga yetardim,
Tuproq ko'chalardan o'tgim keladi.
Do'stim yurakdagi so'zlarimni men,
Mitti kapalakga aytkim keladi.
Bir kuni, butun bir dunyolarga teng,
Bolalik paytimga qaytgim keladi.
Bu shahar havosi bug'ar tomog'im,
Kechir seni tashlab ketdim qishlog'im.
Menga chin do'st eding cho'pon tayog'im,
Yana qo'llaringdan tutgim keladi.
Ulg'ayib qoldimu, o'rtanib qoldim,
O'tkinchi dunyo deb o'zgarib qoldim.
O'sha maktabdagi birinchi sevgim,
Yana sochlaringdan tortgim keladi.
Otam yosh, Onam yosh chog'lar esimda,
Bolaligim o'tgan bog'lar esimda.
Qancha gaplar qolib ketgan ichimda,
Yana yulduz sanab yotgim keladi.
Otlardan yiqilsam turib ketardim,
Go'zal qizchalarga kulib ketardim.
Qaytolsam qadriga yetardim,
Tuproq ko'chalardan o'tgim keladi.