Charchadim yolg‘izim, charchadim dilim,
Sizsiz yashamoqdan qiynaldi qalbim,
Ne qilay yurakdan sog‘insam ayting,
Sizsiz yasholmayin qiynalsa qalbim.
Sizdan kecha olmadim ne qilsam hamki.
Dardlarim doimo ichka yutsamda,
Ko‘zimda ko‘rinar ma’yus nigohim,
Sizsiz yashamoqdan qiyinalar qalbim.
Sizdan ketgandim hayot sinovin deb,
Bugun sinovlarga yetmadi sabrim.
Sizsizlik girdobi qanchalar chuqur.
Sizsiz yashamoqdan cho‘kmoqda umrim.
Har tongda eslayman sizni yolg‘izim,
Ko‘zlarim har tomon sizni qidirar.
Hayolim doimo sizga talpinar,
Hatto tushlarimda sizni ko‘raman.
Sizdan o‘zgasini ko‘rmasam netay.
Sizsiz yasholmasa ko‘nglimda ne ayb,
Qaytsin deya zorlarnar bu ko‘ngim nechuk,
Sizsiz yasholmas