Vobkentlik yunon-rum kurashi sport ustalari Oʻzbekiston Chempionatida birinchi.
Oʻzbekiston chempionatining ikkinchi kun bellashuvlarida Vobkentlik sportchilar birinchi oʻringa ega chiqishdi.
Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha kattalar oʻrtasida 21-24-dekabr kunlari Oʻzbekiston chempionati start oldi.
Mazkur bahslarda ishtirok etayotgan sportchilar orasida Vobkent tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabi yunon-rum kurashi treneri Feruz Toʻxtayev 60 kg vazn toifasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdihamda Vobkent tumani yunon-rum kurashi tarbiyalanuvchisi Shamsiddinov Muxammadali 97 kg vazn toifasida 1-oʻrinni egalladi