Yo‘q,Endi ko‘nglingdan chiqarolmaysan,Umringda quyoshday porlayveraman.Ming yillar qa’riga ketganingda ham,Men seni samoday chorlayveraman.Ismingni tonglarga yozaman mahtal,G’unchalar bargida uxlayveraman.Yo‘q, baxting meningsiz bo‘lolmas tugal,Men seni har lahza yo‘qlayveraman.Otashman,Dengizman,Samoman,Nurman,Jismu jahoningni o‘rayveraman,Ayt, qanday topasan, qochmoqqa imkon -Men seni Xudodan so‘rayveraman.Men so'ngi tomchiman,Ohirgi najot!Faqat sen ichgin deb qistayveraman,Yo'llarimda qoldi ohirgi hayot!O'lsam ham ishqingni istayveraman.....