Yurardim qachonlardir betashvish-u beg'am.
E'tibor qilmabman dardin bilsam ham.
Endi foydasi yo'q qancha achinsam,
Qaytib kelmas yerga otlangan OTAM.
Uch kun jim yotdilar shiftga boqqancha,
Biror so'z demasdan qalbim yoqqancha,
Hisoblab gunoh-u va savobin qancha,
Sukutda kimlarni o'ylagan OTAM.
Uch kun azoblanib ozor chekdilar,
Umr bog'lariga dardni ekdilar,
G'amning yaprog'idan kafan tikdilar,
O'zining ajalin sog'ingan OTAM
Yig'lamayman degandim yig'ladim biroq,
Ahir kimsa yo'q-ku sizdan yaqinroq,
Ne uchun ketdingiz olislab yiroq,
Qaytib kelmas yerdan joy olgan OTAM...