Dilimda avvaylab asragan so'zim,
Xali siz bexabar bundan azizim,
Buni men bilaman faqat men o'zim,
Sizga bildirmayman biroq sevaman.
Sog'inib sog'inchdan kuygan paytlarim,
Gohida pinxona suygan paytlarim,
Qog'ozga tushirib ishqiy baytlarim,
Ishoning o'zimdan ko'proq sevaman.
Yuragim yondirar xaqsiz bu rashkim,
Ko'zimdan oqadi qon to'la ashkim,
Dilimga ko'milgan pokiza ishqim,
Aytolmay labimda titroq sevaman.
Qo'llarim yetmagan olis osmonim,
Lek qalbga yaqinsiz siz mehribonim,
Xayollarimda atab xayotim jonim,
Jonim qiynasada firoq sevaman.