Poyingizda xor bo'lgan,
Bag'ringizda tor bo'lgan,
Mexringizga zor bo'lgan,
U mening qalbim edi,
Arzonlarga sotdingiz,
Bozorlarda tortdingiz,
Yana toshlar otdingiz,
U mening qadrim edi,
Yolg'onlarga almashgan,
Sevaman deb aldashgan,
Sizni tanlab adashgan,
U mening baxtim edi,
Falaklarga sachradi,
Yomonlardan charchadi,
Mudom sizga uchradi,
U mening dardim edi,
Yurak qonimdan tushgan,
Kiyin dillarni quchgan,
Qo'llaringdan suv ichgan,
U mening satrim edi,
Oshiq AXAD ko'z ilgan,
Avval xam ko'p qazilgan,
Muxabbat deb yozilgan,
U mening qabrim edi,
(AXAD QAYUM)