"ERKAKSAN"
Erkak degan noming g'ururing sening,
Bir so'zli mardliging sururing sening!
Sukut saqlamog'ing uzuring sening,
Erkaksan qaddingni shamolga bukmas!
Yurtga g'animlarni yo'latmas erkak,
Onasiga suyanch, otaga tirgak.
Uning ko'zlagani yo'li doim Haq,
Erkaksan, ayolning yoshini to'kmas!
Bilimga intilgan kamoling sening,
Pokiza o'ylaring jamoling sening!
Xudoga xush yoqqan a'moling sening,
Erkaksan, olovli suvda ham cho'kmas!
Javohir aytadi erkak so'zini,
So'zi birla porloq, ochun ko'zini.
Arslon ham bosolmas erkak izini,
Erkaksan, sherdan ham, tundan ham qo'rqmas !
Javohir Navo.