Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Aslida, yogochdan yasalgan beshik, Tobut ham yogochdan qurilgan eshik, Birida dunyoga kelursan yiglab, Birida dunyodan ketursan uhlab, Xitobim, dunyoni bilmagin xanda, Ollohga yiglashni qilmagin kanda, Gunohsiz go'dakni beshik quchgandek, Ketarda tobut ham gunohsiz quchsin,
Boy badavlat bo'lmasa ham, Cho'ntak pulga to'lmasa ham, Choyda asal bo'lmasa ham, Qalbda mudom Iymon bo'lsin! Uy koshona bo'lmasa ham, Qo'l tilloga to'lmasa ham, Yuzda chiroy bo'lmasa ham, Har yurakda Iymon bo'lsin! Dasturhon mo'l bo'lmasa ham, Qo'l balandga etmasa ham, Qozonda osh bo'lmasa ham, Insonlarda Iymon bo'lsin!