Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Mana necha kunki saqlayman sukut, Yoninga borishga yo'q bir bahona. Vasling orzusida lablari yoqut Yo'q men kabi oshiq-u devona. Goho seni o'ylab aqlim parishon, Goho sening ko'nglingda yonaman unsiz. Goh torlik qiladi zaminu osmon Goh hayot tuyular menga mazmunsiz. Goho seni o'ylab bir o'zim tanxo, Yulduzli osmonni kuzataman jim. Osmonda nomma-nom yulduzlar paydo Ajabo qaysi ekan mening yulduzim. Balki u chiqmagan hali osmonda, Balki to'sib turar huv o'sha bulut. Nahot men dilimni botirib qonga Bulut yo'qolguncha qilaman sukut. Balki yulduzimni ko'rolmayman hech, Bulutdan yuqori chiqmay osmonga. Yetib borganimda bo'lmas makon hech Uchib ketmasidan boshqa tomonga.