O`gling bo`lsa o`g`rining ustidan hech kulmagin, Qizing bo`lsa fohshani ustidan sira mazah qilmagin. Gado ko`rsang ko`chada urib tepib o`tmagin, Soqovga savol berib kulib javob kutmagin. Garangni ko`rdim dema, jinniga tosh otmagin Qaytar dunyo qaytarmush bu gunohga botmagin. Yig`lab yurgan bechorani kimki kulsa ustidan , O`ziga ham qaytadi o`g`il yoki qizidan. Yaxshilik qil dildan !! Yo`l bermagin minnatga. Kibrli maqtanchoqlar kirmas ekan Jannatga. Birovni kiyimiga qarab berma o`zingcha baho. Sharoiti shundaydir balki o`zi bebaho. Seni yaratgan Alloh ularni ham Xudosi Yetti osmonga yetar Mazlumlarning duosi !!