O'sha sizmi go'zal qizcha, Bo'ylaringiz xuddi bizcha. Gaplarimga quloq soling, Aytganlarim yodlab oling. Manga o'gil qiz tug'asiz, Xamir qorib kir yuvasiz. Aytib qo'yay go'zal qizcha, Hammasini tez qilasiz. Bizni joylar qishloq joylar. O'choqqa ham o't yoqasiz, 5 ta qo'y 5 ta g'unojin, Hamda eshak ham boqasiz. Moda deb shim kiymaysiz, Lab bo'yoshni bilmaysiz. Eng yomoni aytib qo'yay, CHo'ntagimni shilmaysiz. Erta tongda turasiz, Hovlini supurasiz. Nonushta keyin meni ishga, Siz esa yer chopishga. SHunday ekan o'ylab ko'ring, Konsangiz gar shu shartga. Men roziman xotin qilishga.