Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Baxt o'zi nima?
Shirin diydor yo orzu
Quvonchu shodlik nima?
Baxtlilarga xos so'z u Sevgi-chi u qanday so'z
Har bir qalbda u mehmon
Qayerda yashaydi u
Goh oshkora, goh pinhon
Sog'inch nedan yaralgan Ko'z yoshimi yoki nur?
Balki hech kim bilmagan
Xazinadir, balki dur?
Muhabbat nima o'zi?
Azob-u, iztirobmi?
Har qalbni qiynaguvchi
Anglab bo'lmas sarobmi?
Mehr, sadoqat, vafo
Bular ajib tuyg'umi?
Yo hammasi shunchaki
Qalbdagi bir g'ulg'umi?
Nafrat, azob va hijron
Nedan bo'ladi paydo Nimadir u har bir on
Shohni ham qilur gado?...