Dadam.
Sizdan keyin yoniga olib.
Cho'ntagimga uch to'rt so'm solib.
Kim boradi bozorga olib.
Sizdan keyin ayting dadajon.
Xato qilsam tergaydi kimlar.
Yutug'im chin xoxlaydi kimlar.
Quvonadi maqtaydi kimlar.
Sizdan keyin ayting dadajon.
G'animlarim.eshigim.poylar.
Yuragimga quyular qonlar.
Kimga olib kelaman to'nlar.
Sizdan keyin ayting dadajon.
Qanday sinovlardan qochaman.
Kimga arzim to'kib sochaman.
Ayting kimga bag'rim.ochaman.
Sizdan keyin ayting dadajon.
Duolarsiz qanday qilaman.
Doim nedur kamday bilaman.
So'zlang so'ziz quloq solaman.
Sizdan keyin ayting dadajon.
Qulashi ham.mumkunmu tog'lar.
Meva bermay qo'yadi bog'lar.
Onamni ham yuzida dog'lar.
Sizdan keyin ayting dadajon.