Menga oddiy baxt kerak,
G'amlari bor qirollik emas.
Menga sog'lik kerak,
Dardi bor qasr emas!
Menga oilam kerak,
Soxta do'stlar emas.
Menga olloh deb qo'l ochuvchi inson kerak,
Shaytoni ishlarini qiladigan inson emas.
Ufq uzra beg‘ubor oppoq tong otsin,
Maysalar yuziga shabnamlar yotsin.
Armonlar umidning yoqasin tutsin,
Avvalo uyqudan vijdon uyg‘onsin.
Uyg‘onsin, uxlagan oy shu'lasida,
Yolg‘on quchog‘ida yotgan osuda.
Frib va nayrangning shux allasida,
Mudragan bir parcha vijdon uyg‘onsin.
Uyg‘onsin, gung kungil, u sag‘ir yurak,
Vaqt o'tar, do‘ppidek bir tuproq kerak.
Quying boshqa so‘zni, eng avval demak,
Ichingda tutagan vijdonuyg‘onsin.
Nima bersang Allohim, o'zimga bergil,
O‘zimniki bo'lsin birovnikimas.
Ostonamda tursa xattoki bir xas,
O'zimniki bo'lsin birovnikimas.
Turar joyim bo'lsin bir o'zimniki,
Egasi demasin kuching, meniki.
Yonimda yursa gar vafoli yorim,
Odamlardemasin, bu yor kimniki?
Qo'limga tushsa gar dasta-dasta pul,
Qaytarishni o'ylab yashayman nuqul.
Bir omonat jonim yolg'iz seniki,
Barcha berganlaring bo'lsin meniki.
Ketaman bir kuni kuzatasiz jim.
Ikki metr qabrga uzatasiz jim.
Keyin xatolarni tuzatasiz jim.
Men armon bo'laman sizga bir umr.
Kulgan ko'zlarimni ko'rgiz keladi.
Bir bor axvolimni so'rgiz keladi.
Doim yonginamda yurgiz keladi.
Men armon bo'laman sizga bir umr.
Qo'limdan tutmoqqa qo'llar yetmaydi.
Umrim tilamoqqa tillar titraydi.
Meni unutishga umriz yetmaydi.
Men armon bo'laman sizga bir umr.
Osmonlarga qarab intilasiz jim.
Ketgan yo'llarimdan termulasiz jim.
Ketganimdan keyin kim bo'lasiz kim?
Men armon bo'laman sizga bir umr.