Inson tuproqdan yaralgan, U yana tuproq bo'ladi, Dunyodan hamma ketar, Faqat nomi qoladi. Yaralgandur gunoh- savob, Yuz savolga-yuzta javob, Kimda bo'lsa imon-insof, Undan yaxshi nom qoladi. Yaxshi eshitar rahmat, Yomon odam qilar tuhmat. Har insonning o'ziga Loyiq nomi qoladi. Yomon bo'lsang, bir zumda Shayton yo'ldan uradi. Yaxshi bilan oxiratda Olloh birga bo'ladi. Kimki yolg'iz olloh desa, U imonli bo'ladi