Topolmaymiz...
Uzun yo'lni ko'z yosh bilan yuvdi o'zbek.
Bu qayg'uli kunlar o'tar endi yildek.
Shodlik sig'mas yuraklarga hatto qildek...
Topolmaymiz endi o'zbek otasini...
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini...
Siz edingiz xalq deb ko'ksi qalqonginam.
Ishonchimiz siz edingiz qorg'onginam .
Ortingizdan daryo bo'ldi ko'zyoshginam.
Topolmaymiz endi o'zbek otasini...
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini...
Siz aytganday ozod obod vatan qoldi.
Shu vatanga yetmoqgacha bag'riz yondi
O'zbekiston faqat sizga ishondi.
Topolmaymiz endi o'zbek o'zbek otasini.
Bizga kulib boqqan ko'zin qorasini...
Yig'lab yig'lab aytajakmiz tilovatlar.
Ayriliqqa qilmoq qiyindur toqatlar.
Sizla ketdi yurakdagi halo
Bir muddat ortimga tashladim nazar
Rangsiz xotiralar tushdi yodimga
Yosh bola paytimda yig'lasam ONAM
Yig'lardi qo'shilib oxu-dodimga
Ushbu amallardan voqif olloxim
ONAMGA jannatni hidlat iloxim
Menchi men ne qildim volidam uchun
Biror bir amalni eslay olmadim
Aqalli bir Marta ko'zin quvnatib
Ko'nglini oldimmi hech bilolmadim
Menga bir halimlik hadya et robbim
To rozi qilishga yetsin odobim
ONAM ko'zlariga qaradim nogoh
Gunohkor sanadim faqat o'zimni
Olloxim sendan bir katta o'tinchim
HECH QACHON NAMLATMA ONAM KO'ZINI...