Armon bo`lgan sevgilim,
Farishtaga o`xsharsan.
Yonimda yo`qsan lekin,
Yuragimda yasharsan.
"Sevdim" dedim o`zgaga,
So`zlarimda rostim yo`q.
Seni olgan qo`llarda,
Hech ham jonim qasdim yo`q.
Nolimasman taqdirdan,
Yozganini ko`rarman
Umrim tugab bir kuni,
Seni sevib qolarman.
Bu dunyoning ishlarin,
Yengib ortga tashlarsan.
O`zing bil jonim lekin,
Yuragimda yasharsan!
Yuragimda yasharsan!