Faqir qolar edi , hayot bisoti ,
Muxabbat bo'lmasa , visol bo'lmasa .
Yashay olmas edi , hech inson zoti ,
Agarda dunyoda ayol bo'lmasa !
Mehri qimmatroqdir dunyodan magar ,
Vafo va sadoqat hayol bo'lmasa .
Yozilmas edi she'r, birorta asar ,
Agarda dunyoda ayol bo'lmasa !
Bizning baxtimiz deb , o'zidan tonar ,
Oy chiqmas , osmonga hilol bo'lmasa .
Barcha go'zalliklar , qadrsiz qolar ,
Agarda dunyoda ayol bo'lmasa !
Ayol bu onadir , ayol volida ,
Sevimli yor , sohibjamol bo'lmasa .
Qolardik shodlikmas , g'amning yonida ,
Agarda dunyoda ayol bo'lmasa !
Ulardek dardimiz tushingan qaysi,
Qaniydi , hislari uvol bo'lmasa.
Qolmasdi , bir nafas uyimiz fayzi,
Agarda dunyoda ayol bo'lmasa !
B