Puling bo’lsa
yaxshi derlar,
Maqtab-maqtab oshing yerlar.
Pulsiz bo’lsang sendan tonib,
Tanimayman seni derlar. Chin
do’stlaring tashlab ketmas, Ko’zlaringni yoshlab
ketmas. Boshingga ish tushgan
chog’da, Qo’llarini siltab
ketmas. Nafs balosi yomon
illat,
Nafsdan saqlan deydi elat. Nafs ko’yiga kirganlarni, Duo
qilmay o’tar millat. Senga
sinov berar Olloh,
Yomonlardan qilar panoh.
Boshingga ish tushgan
chog’da, Yomon do’stdan qilar ogoh. Do’st tanlashda
adashmagin,
Omon bilan tanishmagin,
Do’stman senga deb tursa
ham, Sinamasdan do’st
tutmagin.