Qadahni ko'taring qaddingiz tutib, G'amlarin unuting bir xasta dilni. Kulguni ulashing dardingiz yutib, Axir siz kutgansiz shu yangi yilni. Eskisin unuting o'tib ketdi-da, Bir yillik umrimiz yutib ketdi-da. Har safar uyg'onib soat yettida, Axir siz kutgansiz shu yangi yilni. Ba'zida kuldingiz ko'zda yosh bilan, Yelkadosh bo'ldingiz bir sirdosh bilan. Og'ayni, do'stingiz, qarindosh bilan, Axir siz kutgansiz shu yangi yilni. Faqat bir shartim bor unutmang shuni, Hammaga ulashing shirin tuyg'uni. Qabrga ko'ming siz faqat qayg'uni, Axir siz kutgansiz sh