Dardim aytsam do'stga ham malol,
Nima qoldi bag'ringda halol.
Dushmandan ham yomon chiqdi yor,
Dunyo, senga bu jonim uvol.
Siylamading, suymading meni,
O'z holimga qo'ymading meni,
Yetar, shuncha qiynading meni,
Dunyo, senga bu jonim uvol.
Chapga boqsam chapimda shayton,
Yursam yetti yo'limda shayton.
Quchoq ochar bag'rimda shayton,
Dunyo, senga bu jonim uvol.
Zarlaringga zor qilib qo'yding,
Zo'rlaringga xor qilib qo'yding,
Yana aybni o'zimga qo'yding,
Dunyo, senga bu jonim uvol.