Garchi bugun menga hamma parvona, Hayron ko'zim bo'lar yana hayrona. Ming bir jigar bo'la olmas bir ona, Axir endi mening baxtim onam yo'q. Qayda qoldi yuragimning cho'g'ligi, Ota-onang ekan ko'ngil to'qligi. Kun-kun o'tib bilinarkan yo'qligi, Dardlarimni ichga yutgan onam yo'q. Yarim gapga ko'ngil to'lmay oz bo'lar, Ikki gapning og'irligi boz bo'lar. Onang bo'lsa qish uying ham yoz bo'lar, Yozlarim ketdilar endi onam yo'q. Uyg'onib ketarman darddan to'lg'onib, Ko'z oldimdan ketmas oxir kunlari. Ketdimikan rozi bo'lib bilmadim, Otlarimni aytib suygan onam yo'q. Ko'ksiga bosh qo'yib suygan onam yo'q. Onam qo'ygan yostiqqa bosh qo'ygayman, Hidlab-hidlab, o'pib-o'pib to'ymayman, Onam deya erka