Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Mazkur bo`lim Vazirlar Mahkamasining «Yo'l-patrul xizmati xodimlarining yo'l harakati qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori asosida tuzildi.
YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko'ra to'xtatilishi mumkin:
haydovchi tomonidan yo'l harakati qoidalarining buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda;
transport vositasi qidiruvda ekanligi, haydovchi yoki yo'lovchilarning yo'l transport hodisasi va boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to'g'risida ma`lumotlar mavjud bo'lganda;