Avvalo hech kimsani, Boshiga ish tushmasin, Ish tushsa gar boshiga chin do'stlari qochmasin. Qochsalar chin do'stlari yana bag'rin ochmasin. Do'stni do'st ekanligin ishing tushsa bilarsan. Chin do'stlar yo'g'ingda do'st yiqilgan chog'ingda do'st, Bemor bo'lsang holingdan xabar olsa shunda do'st. Do'stim yo'q deb kuyinma, Izlama hech urunma, Hudo bersa dastingga boskan qadamingda do'st. Davlatingni borida, yurar gaping maqullab, yoningda hamroh bo'lar hato qilishing poylab, gar qoqilsang yo'lingda kelmaydi bir bor yoqlab, Do'stni do'st ekanligin ishing tushsa bilarsan.