Onang ketsa savlatlaring
ketgaydir,
Otang ketsa davlatlaring
ketgaydir.
Shu ikkala qo‘rg‘oningdan
ayrilsang,
Manglaydagi zar xatlaring
ketgaydir.
Otasi yo‘q cho‘lda qolgan
giyohday,
Onasi yo‘q rangi ro‘yi siyohday.
Kimning agar qo‘rg‘onlari
yiqilsa,
To‘rt tomondan to‘rt ming ozor yetgaydir.
Nari borsa to‘rt yil kutar dildoring,
O‘n yil kutar sadoqatli do‘st-
yoring.
Lekin otang sabr toshga aylanar,
Onang qirq yil ko‘z yummayin kutgaydir.
Otang o‘lsa, o‘ldi dema hayot u,
Ko‘ksingdagi so‘nmaydigan
bayot u.
Nogoh agar yo‘llaringda
qoqilsang,
Onang ruhi qo‘llaringdan
tutgaydir.
Boshingga ish tushganida sinab ko‘r,
G‘amingga g‘am qo‘shganida
sinab ko‘r.
Kimlaringdir s
Agar nmagadir muxtoj bolsang aslo bandasidan sorama bersa "Millatdir" bermasa "Illat" Faqat va faqat Allohdan sora bersa " Nematdir" bermasa "Hikmat" ....