Yo‘llar uzoq, qush emasman ucholmayman.
Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uy tinchmikan?
Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Sen bag‘ringga bosding meni, men-chi
qochdim.
Senga aytmay ko‘ngil sirim kimga ochdim?.
Oh, mehringdan qochib kimga mehr sochdim.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Dunyo dedim, mingim keldi mashinalar.
Quray dedim imorat, marmar zinalar.
Sendan olis pul topdim-u jon qiynalar.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Sovuq qotdim qish bo‘lsa ham, yoz bo‘lsa
ham.
Egnim qalin bo‘lsa ham-ki, oz bo‘lsa ham.
Quyoshimsan muhtoj bo‘ldim taftingga ham.
Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?
Ajab hislar ko‘p o‘ylanib, xo‘p tuyarman.
Kulgu qis