Nega bugun, nega bugun bunchalar qiyin menga?
Nega bu tun, nega bu tun emas yurak butun?
Qora ko'zlar meniki edi, kimga qarar endi?
Endi bu tun bag'ri uzun, sog'inib o'tar seni
Nega xar tong, nega xar tong uyg'otar meni armon?
Naxot xar on, naxot xar on bo'lmaymiz yonma-yon?
Tim qora uzun, sochlaring bugun bilmam kim erkalar?
Sog'inchim uzun, uzundan uzun tinmay yurak yig'lar...
Oq gulim, sog'inib kettim
sensiz qorong'u qiynalib kettim
So'ngi bor ber menga imkon seni bir ko'ray, hidlaringa to'yay...
Hayotimning eng shirin onlari
bunchalar tez qaytmas bo'lib ketti
Hayotimning eng go'zal tonglari, o'z go'zalliklarini yo'qotti
Hayotimning eng nafis bog'lari xazonlarga aylanib qopt
Ey jonu dilim, sen meni yonimda tur,
Yonda ne, balki manim ayni shu qonimda tur,
Beqaror qon bu nadur, sen shirin jonimda tur
Bevafo jon deydilar, pokiza iymonimda tur,
Har yomonu yaxshi kunda barcha imkonimda tur,
O‘ngda tur yo so‘lda tur, sen meni yonimda tur.
Do‘sti ko‘p qaddi bukilmas deydilar qon kechsa ham,
Kechmagay mard do‘stidan molu jondin kechsa ham,
Boma deb garchi raqiblar zar choponing yechsa ham,
Garchi taqdir hush kelib yo‘lingga gullar sochsa ham,
Mayli har ne kechsa ham, do‘st bo‘sang yonimda tur
Do‘st bo‘sang yonimda tur, do‘st bo‘sang yonimda tur.
Molu davlat qo‘lda bo‘lsa do‘stu yor ham ko‘p bo‘lar,
Qayga borsang olqishu, maqtovchilar ham ko‘p bo‘lar,
Hech qoqilma, g