Xarom yegan boyni ham,
Toshqin bo'lgan soyni ham,
Igna kirgan joyni ham,
Allox ko'rib turibdi.
Tamoqdegi oshni ham,
Sajdadegi boshni ham,
Ko'zdan oqgan yoshni ham,
Allox ko'rip turibdi.
Kim ortimdan otmish o'q,
Kim soyamga qilar do'q,
Unga adovatim yoq,
Allox ko'rib turibdi.
Iymoning sog'mi bemor,
Ich-ichingda nima bor,
Bo'lsa to'rt yonining devor,
Allox ko'rib turibdi,
Yupin yurgan qizni ham,
Egri yurgan izni ham,
Tildan chiqgan so'zni ham,
Allox bilib turibdi.
Do'stim gul ek izingga,
Etibor ber sozingga,
Gunox qilma o'zingga,
Allox ko'rib turibdi.