Hijronlar qalbimni buncha ezadi,
Armonlar orzuning qasrin buzadi. Yuragim
bir senga zorlik sezadi, Men seni judayam,
juda sog‘indim. Armondir dardimni
aytolmaganim, G‘ururni yiroqqa
haydolmaganim, Armondan og‘irdir
qaytolmaganim — Men seni judayam, juda
sog‘indim. Ko‘ngilning ming bitta zori bo‘lsa
ham, Imtihon dunyoning kori bo‘lsa ham,
Iqrordan dilimning ori bo‘lsa ham — Men
seni judayam, juda sog‘indim. Dardimni
aytmadim, tishladim tilni, Hijrondan ming
karra g‘ashladim dilni, Topmadim sen tomon
boshlagan yo‘lni — Men seni judayam, juda
sog‘indim. Yillarki izlayman bosgan izingni,
Ko‘zimda ko‘raman qora ko‘zingni, Qaniydi,
bir bora ko‘rsam o‘zingni, Men seni
judayam, juda