Kuldimikan, armonlarim kuldimikan,
Taqdir menga g'amni loyiq ko'rdimikan.
Ketarkansan, hayotimga kelding nega?
Mag'rur tutgan tik boshimni egding nega...
Muhabbatdan sochilardi zar uchqunlar,
Yo'llarimni yoritarding qaro tunlar.
Senga cho'llar kerakmidi, issiq qumlar
Mening bog'im senga kamlik qildimikan...
Ketganingda yurak biram o'rtandiya,
Bu jumboqni vaqtga soldim yechar deya,
O'ylamasdim bir kun mendan kechar deya,
Xayollarim xotirjamlik qildimikan...
Ayriliqqa jiddiyroq bir sabab bormi,
Firoq bizning ayriliqqa shunchalar zormi,
Fig'onlarim zor yig'latur mungli torni,
Armon bizga yo hakamlik qildimikan...
Olis yo'llar, olis yo'llar, olis makon,
Izlaringni sog'indim yor qadrdon,
Y