Oftobdan nur tilagandim, qayerga botib ketdi,
Oltin degan do`stlarim oltinga sotib ketdi.
Dardkashlarim dastidan diydam ham qotib ketdi,
Endi meni o`ldirsa, ishqing o`ldirsin Alloh.
Labimda kulgularni qayģular yulib ketdi,
Men xasratda yig`lasam, odamlar kulib ketdi.
Bag`rimga bosganimda, bag`rimni tilib ketdi,
Endi meni o`ldirsa, darding o`ldirsin Alloh.
Men bahorga intildim, xazon sochdi yo`limga,
Bulbulga kuyungandim, tikon tutdi qo`limga.
Yuraverib bu yo`ldan yo`l topmadim o`limga,
Endi meni o`ldirsa, xajring o`ldirsin Alloh.
Dog`i borga o`xshayman, to`lin oydek to`lishgan
Yulduzlaring ko`rinmaydi, bulutlaring to`sishgan.
Meni shunday ko`zi ochiq, tirigimda ko`mishgan