1991 yil 31 avgust. Bu kun xalqimiz xotirasida o‘chmas iz bo‘lib qolishi aniq. Shu kundan boshlab millat ustidan quyosh qayta nur sochdi, xalqning bag‘riga shamol tegdi. 70 yillik qaramlik, mutelik yakuniga yetib, xalqimiz o‘z topganiga o‘zi egalik qiladigan bo‘ldi. Tinimsiz tahqirlashlardan yurak-bag‘ri ezilib, adoyi tamom bo‘lgan, urf-odatlari, ma’naviyati, buyuk meroslari oyoqosti qilingan xalqni maqsadidan qaytarib bo‘lmas, uning erk, hurriyatga erishish yo‘lidagi harakatlariga to‘sqinlik qilishdan foyda yo‘q edi. Yurt boshiga millat, xalq dardi, uning qayg‘usi bilan yashaydigan rahbar keldi. Islom Karimov Prezident sifatida ish boshlagan davrlarda O‘zbekistonning ustidan mazax qilgan, u