Biri qarab ko‘nglimga.
Biri ushlab qo‘limdan.
Menga sherik bo‘ldilar.
Neki chiqsa yo‘limdan.
Biri o‘pib peshonam.
Biri silab boshimni.
Xaqqini to‘ladilar.
Yegan nonu oshimni.
Biri boqib yuzimga.
Biri tinglab so‘zimni.
Nopoklikka yo‘latmay.
To‘q qildilar ko‘zimni.
Menga tog‘ kerak dedim.
Otam tog‘ga aylandi.
Menga bog‘ kerak dedim.
Onam bog‘ga aylandi.