HAYOT HAQIDA TA'SIRLI SHE'R
Qadriga yetinglar bo'lsa akangiz,
Ko'nglini tutinglar bo'lsa ukangiz,
Bir kuni qurisa mador dingkangiz,
Begonalar tomon chopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Boshingizda tuting mushfiq singlinggiz,
Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz,
G'amli kunlar kelsa shuni bilingiz,
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Agar yoningizda bo'lsa opangiz,
Poyini emaklab suyib o'pingiz,
Musibat chog'ida xar yon chopingiz,
Bozordan boshqa opa sotib ololmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Yaxshi kunda qadrini biling yoringiz,
Dard kelsa shu bo'lar xam bemoringiz,
Tarqalib ketganda yo'g'u boringiz,
Ko'z yoshi birovga sepa olmaysiz,
Sh