Odno nima hali bilmagan, Internetga hechham kirmagan, Lek namozin kanda qilmagan, Ibodatli qiz topsin onam. O'zgartirolmagan zamona zayli, Zamonaviy bo'lmasin mayli, Hech Majnunga bo'lmagan Layli, Farosatli qiz topsin onam. Onamdayin bo'lsin muloyim, Faqat menga bo'lsin guloyim, Baxtimizni ko'rsin iloyim, Nafosatli qiz topsin onam. Kelin emas, qiz bo'lsin doim, Samolarga yetsin sadoyim, Qabul etgin Alloh duoyim, Sen suyguvchi qiz topsin onam.