Ikki qarich qorindan tushib,
Ikki metr yerga kiramiz.
Hayot bergan Onamiz bo'lsa,
Qaytib olar Ona yerimiz.
Biz dunyoga kelsak yig'labon,
So'ng ketamiz xalqni yig'latib. Oq farishta oq sutin ichib,
Qora tuproq bag'rin quchamiz.
Kelar chog'i keldik nur bilan,
Qalbga quvonch cheksiz baxt ila.
Ketsak mayli xassa tayanib,
Shukur aylab keksayib qarib. Ming bor shukur Yaratganimga,
Ming bor shukur Onajonimga.
Orzu niyat baxtla o'stirgan,
Ming bor raxmat Otajonimga.
Inson bo'lish qiyin emasdir,
Yaxshi yashash og'ir kechmasdir. Kim yo'lida to'gri yursayu,
Kimdir bilmay egri ketadur.
Savob ishni boshini tutdim,
Kimga yomon yo yaxshi bo'ldim.
Ming raxmatni minggin eshitib,
Ota-Onam