Manzillar ayirar bugun sevgimiz,
Olis masofalar baxtim qotili.
Hozir hijrondamiz g'amdan ikkimiz
Ayriliq bekati sevgim oxiri.
Shamollar esganda munavvar tongda,
Sening yoding bilan yashamoqdaman.
Ishqimning olovi yonar har onda
Sensiz yolg'iz qadam tashlamoqdaman.
Nahotki shunchalar kuchsiz vujuding,
Qalqon bo'lolmadi, sevgimiz uchun!
Nahot, orzularni oson unutding,
-Ketmoq yaxshi, deding ikkimiz uchun..
O'ylamading sira, nozik qalbimga
Ozor berishini bu achchiq so'zing.
Sen bilan tayyordim kulfat-u g'amga,
Yoshin to'xtatolmay qoldiku ko'zim.
Yillarning shamoli ayovsiz esib,
Meni xayolingdan olib ketadi.
Shunda baxtga to'lib yasharsan balki
Menday omadsizni qalbing netadi.
Aytga